Akkauntni o'chirish
Ilovada o'chirish (eng tezi)
- «Benzinchi Bola» ilovasini oching va Profil bo'limiga o'ting.
- Pastdagi «Akkauntni o'chirish» tugmasini bosing.
- Telefoningizga kelgan SMS kodni kiriting — akkaunt darhol o'chiriladi.
Ilovasiz o'chirish
Ilovani o'chirib yuborgan bo'lsangiz yoki unga kira olmasangiz, shu yerda telefon raqamingiz orqali o'chiring.
Yoki barisoil1000@gmail.com manziliga ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingizni yozib yuboring. So'rov 10 kun ichida bajariladi va natija SMS orqali xabar qilinadi.
Nima o'chiriladi
- ism, familiya, tug'ilgan sana, jins;
- telefon raqami (tiklab bo'lmaydigan holga keltiriladi);
- avtoraqamlar va mashina ma'lumotlari;
- yetkazish manzillari (aniq nuqta), buyurtmalardagi izohlar va baholardagi matnlar;
- push-xabar tokenlari, kirish sessiyalari, reklama sozlamalari;
- coin balansi — bekor qilinadi. Coin pul emas va naqd pulga almashtirilmaydi (Ofertaning 5-bo'limi).
Nima saqlanib qoladi
Soliq va buxgalteriya qonunchiligiga ko'ra cheklar, to'lovlar va coin harakatining moliyaviy yozuvlari 5 yilgacha saqlanadi. Bu yozuvlar endi shaxsingiz bilan bog'lanmaydi: ismingiz, telefoningiz va avtoraqamingiz ular yonida qolmaydi.
Faol buyurtmangiz bo'lsa, u yakunlangandan keyin o'chirishingiz mumkin bo'ladi.
